Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShning bir nechta shtatida favqulodda holat e’lon qilindi

AQShning bir nechta shtatida favqulodda holat e’lon qilindi

Noqulay ob-havo tufayli AQShning bir nechta shtatida favqulodda holat e’lon qilindi.

Kanzas, Arkanzas, Kentukki, Missuri va Virjiniya shtatlarida favqulodda holat e’lon qilindi. Sinoptiklar bo‘ron 50 millionga yaqin odam yashaydigan hududni qamrab olishini taxmin qilmoqda.

Bu ba’zi hududlarda so‘nggi 10 yildagi eng kuchli qor bo‘roniga aylanishi mumkin. Bo‘ron Koloradoning sharqiy qismidan Merilend va Delavergacha bo‘lgan o‘nlab shtatlar bo‘ylab 1500 mildan ortiq masofani bosib o‘tadi, bu esa elektr ta’minotida uzilishlar, daraxtlar qulashi va transport muammolariga sabab bo‘ladi, yo‘llarning muzlashiga olib keladi.

Kiritildi: 12:36 06.01.2025. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!