Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQShdagi zavodda portlash yuz berdi

AQShdagi zavodda portlash yuz berdi

AQShning Arkanzas shtatidagi harbiy zavodda yuz bergan portlash oqibatida kamida ikki kishi jarohatlandi, bir kishi bedarak yo‘qoldi deb hisoblanmoqda.

Bu haqda 3 iyul, chorshanba kuni ABC News xabar berdi.

Qayd etilishicha, bir jabrlanuvchi Vashita okrugi tibbiyot markazining tez tibbiy yordam bo‘limida, uning ahvoli barqaror, ikkinchisi vertolyotda shtatdan olib chiqib ketildi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, portlash Kamdendagi General Dynamics Ordnance and Tactical Systems zavodida sodir bo‘ldi. Kompaniya dastlab buni “pirotexnika hodisasi” deb atadi, ammo keyinroq bu portlash ekanligini tasdiqlandi.

Kiritildi: 10:28 04.07.2024. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!