AQShning Nyu-Meksika shtati Albukerk shahrida yo‘lovchilardan biri kabinaga kirishga uringanidan keyin samolyot favqulodda qo‘ndi.
KRQE telekanalining xabar berishicha, hodisa yuz bergan Delta samolyoti juma kuni Los-Anjelesdan Nashvilga uchayotgan edi. Bortdagi vaziyat tufayli layner Albukerkadagi Sunport xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi.
Aeroport xodimlarining aytishicha, yo‘lovchi harakat qilgan, ammo samolyot kabinasiga kira olmagan. Guvohlar, styuardessa va yo‘lovchilar qanday qilib erkakni zararsizlantirishganini videoga olishdi. Yo‘lovchilarning so‘zlariga ko‘ra, erkak "samolyotni to‘xtatishni" talab qilgan.
Layner hodisa yuz bermasdan aeroportga qo‘ndi. Albukerke aeroportida polisiya qoidabuzarni hibsga oldi. Federal qidiruv byurosi ushbu ishni tekshirmoqda.