Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

AQShda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi

AQShda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi

AQShning Tennessi shtatida yo‘lovchi samolyoti ishtirokida halokat ro‘y berdi.

Bu haqda CNN shtat yo‘l-patrul xizmatiga tayanib xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda 16 dan 20 kishigacha bo‘lgan. Jabrlanganlarning bir qismi vertolyotlarda eng yaqin tibbiy muassasalarga evakuasiya qilingan, boshqa jabrlanganlarga esa voqea joyida yordam ko‘rsatilgan.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot parashyutda sakrash uchun ishlatilgan.

Voqea tafsilotlari va jabrlanganlarning aniq soniga aniqlik kiritilmoqda. Qutqaruv xizmatlari halokat joyida ishlashda davom etmoqda.

Kiritildi: 07:05 09.06.2025. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!