Demokrat bu haqda jurnalist Mehdi Hasanga bergan intervyusida ma’lum qilgan. O‘tgan hafta e’lon qilingan suhbat yozuvi 17 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
El-Sayedning ta’kidlashicha, Vens Trampdan ancha aqlli va mazmunli siyosiy baholar bera oladi. Biroq u siyosiy manfaatlarini ko‘zlab, prezidentni qo‘llab-quvvatlashni afzal ko‘radi.
«Tramp — ahmoq, u nodon va ashaddiy narsiss. Jey Di Vens esa haqiqatan ham aqlli», — dedi saylangan senator.
Uning fikricha, vise-prezident AQSh rahbarining izchil bo‘lmagan qarorlarini tushunadi, ammo siyosiy karyerasi yo‘lida o‘z tamoyillaridan ongli ravishda voz kechmoqda.
El-Sayed, shuningdek, Vensni avval Tramp qarorlarini qo‘llab-quvvatlagani, hozir esa ularning oqibatlaridan o‘zini chetga olishga urinayotgani uchun tanqid qildi. U bunday siyosiy strategiyani «AQSh tarixidagi eng ahmoq prezidentga yoqishga urinish» deb atadi.
Abdul El-Sayed 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda respublikachilar nomzodi Mayk Rodjers ustidan g‘alaba qozongan. U AQSh Senatidagi birinchi musulmon senator bo‘ladi. Uning vakolatlari 2027 yil yanvar oyida boshlanadi.
Qizig‘i shundaki, yangi senatorga qasamyodni aynan Jey Di Vens qabul qildirishi kerak. El-Sayed bu holatni avvalroq «ajoyib kinoya» deb atagan edi.