Shimoliy Karolina shtatidagi Statevill mintaqaviy aeroportiga qo‘nayotgan Cessna C550 biznes-samolyoti halokatga uchraganida besh nafar kattalar va ikki nafar bola halok bo‘ldi.
Bu haqda okrug sherifi Darren Kempbell ABC News telekanaliga ma’lum qilgan.
Federal aviasiya boshqarmasi avvalroq samolyot bortida olti kishi bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Yettinchi shaxsning o‘limi haqida batafsil ma’lumotlar berilmagan.
FAA va Milliy Transport xavfsizligi kengashi (NTSB) hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.
Sobiq NASCAR haydovchisi Greg Bifflning oila a’zolari keyinchalik halokatda halok bo‘lganlar orasida u, uning rafiqasi Kristina, o‘g‘li Rayder va qizi Emma bo‘lganligini tasdiqlovchi bayonot tarqatdi.