AQShning Illinoys shtatida bir dvigatelli samolyotning qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda mahalliy polisiyaga tayanib, Associated Press agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bortda ikki ayol va ikki erkak bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot elektr uzatish liniyasiga urilgani sababli qulagan.
Shtat ma’muriyati hodisaning barcha holatlarini aniqlash uchun tergov boshladi.