Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda samolyot halokatga uchradi, qurbonlar bor

AQShda samolyot halokatga uchradi, qurbonlar bor

AQShning Ogayo shtatidagi Xaulend shahri yaqinida yengil rusumli Cessna 441 samolyotining qulashi oqibatida olti kishi, jumladan, ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.

Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib, Fox 8 telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyot Montana shtatining Bozmen shahriga yo‘l olgan, biroq havoga ko‘tarilganidan 7 daqiqa o‘tib halokatga uchragan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda samolyot nima sababdan qulagani aniq emas. Milliy transport xavfsizligi kengashi (NTSB) va AQSh Federal aviasiya ma’muriyati (FAA) hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.

Kiritildi: 11:33 30.06.2025. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!