Bugun 15 sentyabr, 2019 yil, yakshanba

КИР

AQShda qismlari 3D printerda bosilgan haydovchisiz avtobus yaratildi

AQShda qismlari 3D printerda bosilgan haydovchisiz avtobus yaratildi

AQShning Local Motors kompaniyasi 80 foiz detali 3D-printerda bosilgan va sun’iy ong bilan boshqariluvchi Olli 2.0 mini-avtobusini taqdim qildi. Bu haqda Techcrunch nashri xabar berdi.

Mini-avtobus universitetlar kampuslari, shifoxonalar, yotoqxonalar va harbiy bazalar hududlari bo‘ylab harakatlanish uchun mo‘ljallangan. Avtobus bir quvvatlanishda 160 km yo‘l bosa oladi, maksimal tezligi 40 km/soatni tashkil qiladi. Avtobus o‘z ichiga 12 kishini sig‘dira oladi.

Olli 2.0 radiokarnaylar tizimi va piyodalar uchun mo‘ljallangan old va orqa tomondan ekranlar bilan jihozlangan. Old ekranda avtobusni insonga o‘xshashroq qilish maqsadida ko‘zlar ko‘rsatilishi mumkin. Avtobus, shuningdek, sensor ekranlar hamda yo‘lovchilar kayfiyatini tahlil qilish va yo‘nalishni optimallashtirish tizimi bilan jihozlangan.

Kiritildi: 23:00 04.09.2019. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!