Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

AQShda minglab odamlar Immigrasiya va bojxona xizmatining faoliyatiga qarshi namoyishlarga chiqdi

AQShda minglab odamlar Immigrasiya va bojxona xizmatining faoliyatiga qarshi namoyishlarga chiqdi

Minneapolis, Nyu-York va San-Fransiskoda namoyishchilar ko‘chalarda yurish o‘tkazdi. Los-Anjelesda esa norozilik aksiyasi ishtirokchilari Immigrasiya va bojxona xizmati (ICE) binosiga bostirib kirishga urindi, bu polisiya va boshqa huquq-tartibot organlari bilan to‘qnashuvlarga olib keldi.

The Washington Post xabariga ko‘ra, norozilik aksiyalarida qatnashganlar ish joylari va ta’lim dargohlarini tark etishgan, shu sababli ko‘plab korxonalar bir kun davomida yopilgan. Qolaversa, Kolorado va Arizonada o‘qituvchilar ishga chiqmagani bois darslar bekor qilingan.

O‘tgan hafta ICE agentlari Minneapolis shahrida AQSh fuqarosini otib o‘ldirganidan keyin, Qo‘shma Shtatlarda Tramp ma’muriyatining immigrasiya siyosatidan norozilik yanada kuchaydi.

Kiritildi: Bugun 15:09. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!