Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQShda migrasiya inqirozi boshlanmoqda

A A A
AQShda migrasiya inqirozi boshlanmoqda

AQSh ichki xavfsizlik vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilning oktyabr oyidan joriy yilning fevral oyiga qadar kamida 220 ming noqonuniy migrant chegarachilardan qochib o‘tgan. Bu raqamlar orasiga chegaradan o‘tishda qo‘lga olinganlar yo‘q. Shunga qaramay, FoxNews raqamlar juda pasaytirib e’lon qilinganini aytmoqda.

Boz ustiga, qo‘lga tushgan noqonuniy migrantlar vataniga qaytarib ham yuborilmaydi. 2021 yilning noyabr oyida AQShda 173,5 mingdan ortiq, dekabrda 179 ming, yanvarda esa 62,5 ming noqonuniy migrant qo‘yib yuborilgan.

Respublikachilar Bayden adminstrasiyasining yumshoq migrasion siyosatiga qarshi inqirozdan ogohlantirmoqda. Buning fonida vakillar palatasi Ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkasadan iste’foga ketishni talab qildi.

Shusiz ham mamlakatda amaldagi prezident Jo Baydenning reytingi tushib ketgan.

Kiritildi: 12:22 26.02.2022. O'qildi: 4815 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik