Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShda maktab avtobusi o‘qqa tutildi

A A A
AQShda maktab avtobusi o‘qqa tutildi

AQShning Pittsburg shahrida noma’lum shaxslar maktab avtobusini o‘qqa tutdi. Yaralangan 15 yoshli o‘smir shifoxonada vafot etgan, deb xabar beradi The City of Pittsburgh.

Ma’lum qilinishicha, otishma vaqtida avtobus salonida faqat o‘quvchilar va haydovchi bo‘lgan.

Yaralangan o‘smir og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Biroq ko‘rsatilgan yordamga qaramay, u tibbiyot muassasasida vafot etgan.

«Uning ko‘kragiga kamida bitta o‘q tekkan. Unga maktab avtobusiga o‘tirganida o‘q uzishgan. Tibbiyot xodimlari uni shifoxonaga og‘ir ahvolda olib kelgan», — deydiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, o‘quvchilardan boshqa hech kimga jarohat yetmagan. Polisiya hozircha ikki nafar gumonlanuvchini qidirmoqda, surishtiruv ishlari davom etyapti.

Kiritildi: 09:50 20.01.2022. O'qildi: 2688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik