Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

AQShda kurash jiddiy: tarafdorlari Trampdan voz kechmoqda

AQShda kurash jiddiy: tarafdorlari Trampdan voz kechmoqda

Donald Trampning 2016 yilda AQSh prezidenti bo‘lishi uchun katta hissa qo‘shgan uch shtat bu gal Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlamoqda. Demokrat Baydenning ustunligi so‘nggi so‘rovlar orqali ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Daily Mail.

Viskonsin universiteti va YouGov tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, Bayden Trampdan Michigan shtatida 10 foizga, Pensilvaniyada sakkiz foizga va Viskonsin shtatida to‘qqiz foizga oldinda. Tadqiqotda ta’kidlanganidek, Demokratik nomzodni saylovlarda muddatidan oldin ovoz berganlarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatladi. Amerikaning amaldagi rahbari hali ovoz bermaganlardan umid qilishi mumkin, ammo, u raqibi bilan oradagi farqni yo‘qqa chiqara olmaydi, deb hisoblamoqda tahlilchilar.

Shu bilan birga, Trampning o‘zi Pensilvaniya shtatida va 2016 yildagiga qaraganda katta ustunlik bilan saylovlarda g‘alaba qozonishi mumkinligiga ishonmoqda. Yaqin kelajakda u ushbu shtatda o‘z tarafdorlari uchun uchta yirik miting o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bungacha davlat rahbari Nyu-Xempshir va Meynda bo‘lib, ushbu shtatlarning kamida bir necha saylovchilarini jalb qilishga umid bog‘lagandi.

Avvalroq Bayden prezidentlik saylovidan uch hafta oldin 2016 yilgi saylovlarda Trampni qo‘llab-quvvatlagan Ogayo shtatidagi faoliyatini kuchaytirgani haqida xabar berilgandi. So‘rovnomalar shuni ko‘rsatadiki, bu galgi prezidentlik uchun kurash ancha keskin kechadi.

So‘rovlarga ko‘ra, Bayden yaqinda Trampga nisbatan yetakchiligini oshirdi. Shunday qilib, oktyabr oyi o‘rtalarida Jo Trampdan 17 foizga oldinda bo‘lganligi haqida xabar berilgandi: saylovchilarning 57 foizi Baydenga ovoz berish niyatida, amaldagi prezidentni esa atigi 40 foiz ovoz beruvchi yoqlamoqda. Shu bilan birga, Trampning o‘zi to‘rt yil avval bo‘lgani kabi bu galgi saylovlarda ham g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 17:13 27.10.2020. O'qildi: 2138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!