Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShda kuchli bo‘ron: Qurbonlar bor

A A A
AQShda kuchli bo‘ron: Qurbonlar bor

Kuchli dovul AQShdagi 90 kishilik qariyalar uyini vayron qildi. Tabiiy ofat natijasida ikki kishi halok bo‘lgan.

Shuningdek, bino vayronalari ostida hamon 20 ga yaqin kishi qolgani ma’lum qilingan.

AQShning Kentukki shtati gubernatori esa dovul oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligidan xavotirda ekanini ma’lum qildi.

Tennessi, Arkanzas, Missuri va Illinoys shtatlari bo‘rondan anchagina talofat ko‘rdi. Illinoys shtatida Amazon elektron tijorat kompaniyasiga tegishli omborning tomi qisman qulab tushdi, omborda esa odamlar qolib ketgan.

Kiritildi: 17:30 11.12.2021. O'qildi: 2676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik