Iyul oyida AQShda ishsizlik darajasi 4,3 foiz oshgan. Bu 2021 yil oktyabr oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Mamlakat mehnat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tahlilchilarning bu boradagi taxmini o‘rtacha 4,1 foizdan oshmasligini ko‘rsatgan edi.
Mehnat statistikasi byurosi xabar berishicha, hisobot davrida 114,000 yangi ish o‘rni yaratilgan. Bu 2020 yil dekabridan buyon eng past natija.
Hozir sustlikning dastlabki belgilari namoyon bo‘lsa-da, uzoq muddatli istiqbolda dunyoning eng yirik iqtisodiyoti mehnat bozori barqarorligicha qolishi kutilyapti. Aynan shu prognoz AQSh Federal zaxira banki pul-kredit siyosatining hal qiluvchi omili hisoblanadi.
Aprel oyida Iqtisodiy statistika byurosi (BEA) 2024 yil birinchi choragida mamlakat yalpi ichki mahsuloti 1,6 foiz o‘sgani haqida xabar bergan edi. Umuman, bu ko‘rsatkich sur’ati 2023 yil to‘rtinchi choragiga nisbatan sezilarli darajada sekinlashib, 3,4 foizni tashkil etgan.