Arizona shtatidagi Marana aeroportida ikki samolyot to‘qnashib ketdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi .
Ikki yengil samolyot – Lancair 360 MK II va Cessna 172 to‘qnashuvi 19 fevral, chorshanba kuni ertalab uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida yuz berdi. Ulardan biri qulab tushdi va yonib ketdi, ikkinchisi esa muvaffaqiyatli qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi. Samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.