Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

AQShda "ID"ga yordam bergan o‘zbekistonlik 12,5 yilga qamaldi

AQShda "ID"ga yordam bergan o‘zbekistonlik 12,5 yilga qamaldi

Bruklin Federal sudi o‘zbekistonlikni "Islom davlati" terroristik uyushmasiga ko‘mak ko‘rsatgani uchun 12,5 yilga qamoq jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda New York Post.

Konnektikutning Nyu-Xeyvenidan bo‘lgan Azizjon Raxmatov chet el terroristik tashkilotiga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha til biriktiruvda ishtirok etganligini tan olgan.

Sud jarayoni davomida 2015 yilda Raxmatov ID safiga yangi qo‘shilgan Axror Saidaxmetovga u ISHID safiga qo‘shilish uchun Suriyaga yetib olishi va qurol sotib olishi uchun 400 AQSh dollari bergani ma’lum bo‘lgan.

Saidaxmetov, o‘z navbatida IDga sodiq ekani, ammo agarda jihod uchun Suriyaga yetib bora olmasa, bor halokatli urinishlarini AQShdagi polisiyachilar va FBR agentlariga qaratishga qasamyod qilgan.

Yovuz niyat bilan u Jon Kennedi nomidagi aeroportdan Istanbulga (Turkiyaga) qarab uchgan. Ammo Suriya bilan chegaradan o‘tmoqchi bo‘lganida hukumat tomonidan qo‘lga olingan. 2017 yilda u 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Prokuratura bayonotiga muvofiq, ikkala jinoyatchi ham jazoni o‘tib bo‘lganidan so‘ng vatanga deportasiya qilinadi.

Kiritildi: 15:47 16.01.2021. O'qildi: 2635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!