Avvalroq Amerikaning Serfsayd shaharchasida 12 qavatli turar-joy binosi qulaganligi haqida xabar bergandik. Mayami-Deyd okrugi rahbari Daniella Livayn Kavaning xabariga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlari boshlanganidan 30 soat o‘tgach, 159 kishining taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda.
"Champlain Towers South" binosi xarobalari ostidan o‘t o‘chiruvchilar to‘rtta jasadni topdilar, 120 kishi qutqarildi.
Favqulodda vaziyatlar xodimlari vayronalar ostida omon qolganlarni topish umidida to‘qqiz metr balandlikdagi metallarni demontaj qilishni davom ettirmoqda.
Ayni damda binoning qulashi sabablari aytilmagan. Florida shtatida favqulodda rejim joriy etildi. Yo‘qolganlar ro‘yxatiga Paragvay prezidenti xotinining singlisi ham kiritilgan.