Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

AQShda dunyoda eng xavfli qush o‘z egasini o‘ldirib qo‘ydi

AQShda dunyoda eng xavfli qush o‘z egasini o‘ldirib qo‘ydi

AQShda kazuar zotli qush o‘z egasini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti Evening Standart nashriga asosan xabar qildi. Baxtsiz xodisa Florida shtatida sodir bo‘ldi.

Alachua okrugi qutqaruv xizmatida ma’lumotiga ko‘ra, kazuar qushi o‘z egasi 75 yoshli Marvin Axosaga hujum qildi. Yirtqich qush Axosa to‘satdan yiqilganda unga kuchli zarba berdi.

Yirtqich qush fermaga olib joylashtirildi.

Kazuar dunyoda eng xavfli qush sifatida Ginness rekordlar Kitobiga kiritilgan. Bu qushning balandligi ikki metrgacha bo‘lishi, og‘irligi esa 60 kiloga yetishi mumkin.

Bu uchmaydigan qushlar soatiga 50 km tezlashishi mumkin.

Qush tirnog‘ining uzunligi 10 smgacha bo‘lishi mumkin. Kazuar o‘zining baquvvat oyoqlari bilan juda og‘ir zarba berishi mumkin.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 21:45 15.04.2019. O'qildi: 3592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!