Shveysariyaning AQShdagi Credit Suisse banki moliya guruhi aksiyadorlari ushbu moliya muassasasini hamda uning rahbariyatini sudga berdi. Da’vo arizasida bank rahbariyati Amerikaning qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha qonunlarini buzganlikda ayblanmoqda. Da’vogarlar arizasida bank o‘zining moliyaviy ahvoli haqida ma’lumotlarni oshkor qilmay, investorlarni chalg‘itgani aytiladi.
Ayblov ro‘yxatida moliyaviy guruhning o‘zidan tashqari, kompaniya raisi Aksel Lemann, ijrochi direktor Ulrix Korner va moliyaviy direktor Diksit Yoshi ham bor.
Ta’kidlanishicha, mazkur bank va uning rahbariyati Credit Suisse bankining biznes amaliyotlari yoki istiqboli to‘g‘risida yolg‘on va chalg‘ituvchi ma’lumotlarni tarqatgan. Natijada aksiyadorlar sezilarli ravishda moliyaviy ziyon ko‘rgan.
O‘tgan chorshanba kuni Shveysariyaning ushbu yirik banki aksiyalari qiymati birja savdosida to‘rtdan birga arzonlashib ketgandi.
Avvalroq taniqli moliyaviy tahlilchilar Amerikaning Silicon Valley Bank (SVB) bankrot bo‘lganidan keyin navbat aynan Credit Suisse bankiga keladi, deb bashorat qilgan edi. O‘z navbatida, Credit Suisse Markaziy bankdan 50 milliard Shveysariya franki (taxminan 53,7 milliard dollar) miqdorida qarz olishi haqida ma’lum qilgan.