Federal aviasiya boshqarmasi (FAA) ma’lum qilishicha, kabel Nyu-Jersida qurilish brigadasi tomonidan tasodifan zararlangan. Uni ta’mirlash taxminan 13 soat davom etishi kutilmoqda.
Muammoni bartaraf etish va parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun ayrim havo harakati tizimlari vaqtincha o‘chirilgan. Hozirgacha qariyb 90 ta reys boshqa hududlarga yo‘naltirilgan. Bekor qilingan reyslarning aniq soni hozircha ma’lum emas.
Reyslardagi kechikishlar dushanba kuni ertalab boshlangan. Boston Logan xalqaro aeroporti yo‘lovchilarni AQShning boshqa aeroportlarida ham vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan.