Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQShda bir kunda ikki maktabda otishma qayd etildi

A A A
AQShda bir kunda ikki maktabda otishma qayd etildi

Jorjiya shtati Kleyton ogrugidagi maktab qoshidagi avtomobillar to‘xtash joyida yuz bergan otishma vaqtida bir ayol halok bo‘lgan, yana ikki kishining jarohatlangani aytilmoqda. O‘zAning xabar berishicha, polisiya bu ma’lumotni tasdiqlagan. 
Hodisa Maunt-Zayon maktabida bitiruv marosimi bo‘layotgan vaqtda sodir bo‘ldi. Uch nafar jabrlanuvchi yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazildi. Ulardan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. 
Ikki nafar jarohatlanganlarning holati haqida ma’lumotlar yo‘q. Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, ulardan hech biri maktabda o‘qimagan.

1520885029.jpg
Polisiya vakilining ta’kidlashicha, otishma nizo sababli yuz bergan. 
Bu kun davomidaAmerika maktablarida qayd etilgan ikkinchi otishma bo‘lib, bir necha soat ilgari Santa-Fedagi (Texas shtati) maktab o‘quvchisining atrofdagilarga qarata o‘t ochishi oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, yana o‘n nafar inson jarohatlandi. 
Hujumni 17 yoshli Dimitrios Pagurtzis amalga oshirgani aytilmoqda. U o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olinganva garov puli evaziga ozodlikka chiqarmaslik sharti bilan Galveston okrugi qamoqxonasiga joylashtirilgan. Pagurtzis o‘ta og‘ir jinoyatni amalga oshirishda ayblanmoqda. 
Gubernator Greg Ebbotning ta’kidlashicha, qurol va 38-kalibrli revolver Pagurtzisning otasiga tegishli bo‘lgan. Bundan tashqari, uning mashinasidan portlovchi qurilmalar va Molotov kokteyllari topilgan. 
O‘smirni bu jinoyatni amalga oshirishga nima turtki bergani aniqlashtirilganicha yo‘q. 

Kiritildi: 05:36 19.05.2018. O'qildi: 1540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik