Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda avtomobil ta’mirlash ustaxonasida yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

A A A
AQShda avtomobil ta’mirlash ustaxonasida yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

AQShning Ogayo shtati, Hillsboro shahridagi avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasida yuz bergan portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, bir kishi kasalxonaga yotqizildi.

Bu haqda CBS telekanali mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Report”.

“Ogayo shtatining Hillsboro shahridagi avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasida yuz bergan portlash natijasida uch kishi halok bo‘ldi, bir kishi kasalxonaga yotqizildi”, — deb xabar berdi telekanal.

Qayd etilishicha, portlash seshanba kuni mahalliy vaqt bilan kechki to‘rtlar atrofida sodir bo‘lgan. Yaqin atrofdagi spirtli ichimliklar do‘konida ishlaydigan guvohning aytishicha, portlash zilzila kabi bo‘lgan.

Kiritildi: 10:04 30.11.2023. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!