Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

AQShda atrofi timsohlar bilan to‘la migrantlar markazi qurilmoqda

AQShda atrofi timsohlar bilan to‘la migrantlar markazi qurilmoqda

Mahalliy nashrlarning ma’lum qilishicha, ushbu markaz 5000 nafar migrantni o‘z ichiga sig‘dira oladi.

AQShning Florida shtatida Evergleyds milliy bog‘i ichida joylashgan eski harbiy aerodrom hududida migrantlar markazi qurilmoqda. Qurilayotgan ob’ekt allaqachon “Timsohli Alkatras” deb atalmoqda.

Bu hudud botqoqlar bilan o‘ralgan bo‘lib, timsohlar, pitonlar va boshqa yovvoyi hayvonlar bilan to‘la.

Loyihanining umumiy qiymati 450 million dollarga baholanmoqda va uni moliyalashtirish FEMA (Favqulodda holatlar agentligi) zimmasiga yuklatilgan.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, botqoqlar va yovvoyi hayvonlar qochishning oldini oladigan “tabiiy to‘siq” sifatida foydalaniladi, bu esa qo‘riqchilar sonini kamaytiradi.

Huquq himoyachilari hamda ekologlar bu odamlar uchun xavf va atrof-muhitga zarar yetkazishidan norozi.

Kiritildi: 13:05 30.06.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!