Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShda 16 yoshga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishi taqiqlanishi mumkin

A A A
AQShda 16 yoshga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishi taqiqlanishi mumkin

AQSh vakillar palatasi a’zosi, respublikachilar partiyasi vakili Kris Styuart 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ruhiy salomatligini mahofaza qilish maqsadida ularning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlash haqidagi qonun loyihasini taqdim etdi.

"Millatimiz bolalari salomatligi ruhiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Shu bios men 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasini tayyorladim", – deyiladi siyosatchining ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qilingan bayonotida.

Styuartning qo‘shimcha qilishicha, avval hech qachon hozirgidek “tajang, tashvishli, o‘z joniga qasd qiladigan" avlod bo‘lmagan.

"Bizning vazifamiz ularni muammolar ildizi bo‘lgan ijtimoiy mediadan himoya qilish", - deydi u.

Kiritildi: 14:34 03.02.2023. O'qildi: 1597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!