Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQSh YUNESKOni tark etmoqda

A A A
AQSh YUNESKOni tark etmoqda

31 dekabrda AQShning YUNESKOdan chiqish qarori kuchga kiradi. Bu qaror haqida 2017 yil oktyabrda e’lon qilingandi.

Endi AQSh xalqaro tashkilotda kuzatuvchi bo‘lib qoladi. AQSh 2011 yildan beri YUNESKOga badal to‘lamay kelgan. Hozirda Vashingtonning to‘lanmagan badallar bo‘yicha qarzi 500 mln dollardan oshib ketgan.

1984 yilda ham sobiq prezident Ronald Reygan ma’muriyati ushbu tashkilotni aksilamerikalik va isrofgarchilikda ayblab uni tark etgandi. AQSh tashkilotga 2003 yilda qaytgan. AQShning hozirgi qaroriga arab-isroil mojarosidagi ziddiyatlar sabab bo‘lgan.

AQSh tashkilotni tark etishi bilan butunjahon merosi qo‘mitasiga saylanish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Bu qo‘mita moliyaviy yordamning taqsimlanishi va qanday ob’ektlar YUNESKO butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishini hal qilish bilan shug‘ullanadi.

Kiritildi: 10:47 31.12.2018. O'qildi: 1569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik