Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagon ittifoqchilardan Xitoy bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojarodagi rollarini oldindan belgilab olishni talab qilmoqda. Bu esa Tokioda ham, Kanberrada ham norozilikni kuchaytirmoqda, bu ayniqsa Qo‘shma Shtatlarning o‘zi Tayvanga nisbatan huquqiy jihatdan kafolatlangan himoya majburiyatlariga ega emasligi fonida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
AQSh mudofaa vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Elbridj Kolbi so‘nggi oylarda Yaponiya va Avstraliya mudofaa amaldorlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu uchrashuvlarda Xitoy bilan ehtimoliy harbiy ssenariyda ishtirok masalasi muhokama qilindi.
FT suhbatdoshlaridan birining ta’kidlashicha, ittifoqchilar bunga hayron bo‘lishgan, chunki Qo‘shma Shtatlarning o‘zi Tayvanga nisbatan “strategik noaniqlik” siyosatini saqlab qolmoqda.
"Yaponiya Mudofaa vazirligi taxminiy ssenariylarga javob bermasligini va har qanday harakatlar mamlakat konstitusiyasi hamda xalqaro huquq doirasida belgilanajagini bildirdi. Avstraliya esa izoh bermadi", deyiladi nashr xabarida.
Kolbi, shuningdek, ittifoqchilar harbiy byudjetlarini oshirish va ustuvorliklarni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Tramp ma’muriyati Yevropaga e’tiborni kamaytirish, Hind-Tinch okeani mintaqasiga esa, ayniqsa Yaponiyaga va Avstraliyaga, ko‘proq harbiy xarajatlar ajratishni istamoqda.
Financial Times, shuningdek, yaqinda Kolbining keskin qo‘shimcha moliyaviy talabidan so‘ng AQSh va Yaponiya o‘rtasida rejalashtirilgan uchrashuv bekor qilinganini ham qayd etdi.