Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh yana bir o‘zbek kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh yana bir o‘zbek kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) O‘zbekistondagi kompaniyaga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti xabar berdi, deb yozadi UzDaily.uz.

Xabarga ko‘ra, bugun AQSh hukumati 400 ga yaqin yuridik va jismoniy shaxslarga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida yordam bergani uchun sanksiya joriy qilgan.

AQSh Davlat departamenti 120 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarga, G‘aznachilik departamenti esa 270 dan ortiq yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llagan.

O‘zbekistonning THE ELITE INVESTMENT GROUP kompaniyasi AQShning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston kompaniyasi Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan va AQSh sanksiyalariga duchor bo‘lgan “LLC GTS GRUPP” MCHJga ikki tomonlama mahsulotlar yetkazib bergan.

LLC GTS GRUPP sanoat uskunalari, avtomatik boshqaruv tizimlari va elektr qurilmalarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi hisoblanadi.

AQSh rasmiylarining ta’kidlashicha, THE ELITE INVESTMENT GROUP 2024 yilning mart-may oylari orasida GUCLU GLOBAL kompaniyasidan yuk agenti sifatida foydalangan holda Rossiya kompaniyalariga taxminan 190 ming dollarlik mahsulotlar, shu jumladan elektr transformatorlari yetkazib bergan.

Kiritildi: Bugun 16:42. O'qildi: 919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!