AQSh immigrasiya idoralari Demokratik partiya vakillari boshqaradigan beshta hududga taktik bo‘linmalarni joylashtirish niyatida. Bu haqda NBC telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Ularga ko‘ra, bo‘linmalar Sietl, Chikago, Filadelfiyu, Nyu-York va Shimoliy Virjiniya mintaqasiga jo‘natilishi rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, ushbu shaharlardagi barcha bo‘linmalarni joylashtirishga tayyor turish buyurilgan. Bungacha Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom shahardagi tartibsizlikni kuchaytirmaslik uchun Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlarini to‘xtatishda Florida shtatidan yordam olishdan bosh tortgan edi.
Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari 6 iyun kuni AQSh Immigrasiya va bojxona nazorati tomonidan noqonuniy muhojirlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazgan reyd tufayli boshlangan va bugungi kungacha norozilik namoyishlari kundan-kunga keskinlashib bormoqda. AQSh prezidenti Tramp Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomning chaqiriqlariga qaramay, namoyishchilarni tarqatish uchun shaharga Milliy gvardiyaning ikki ming askarini yuborishga qaror qilganidan so‘ng, tartibsizliklar shahar chetidan shahar markaziga yoyildi.