Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh xorijiy talabalarni o‘z manfaatlari yo‘lida o‘qitadimi?

A A A
AQSh xorijiy talabalarni o‘z manfaatlari yo‘lida o‘qitadimi?

Janubiy Osetiyalik siyosatshunos Soslan Pliyev Sputnik radiosi bilan bo‘lgan suhbatda AQShning “yumshoq kuchi” nimadan iborat ekanligiga izoh berdi.

Mutaxassis fikriga ko‘ra,vamlakat ichidagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishning bir uslubi — bu turli yo‘llar bilan amerika ideallari va hayot qadriyatlarini namoyish qilish, amerikacha hayot tarzini  targ‘ib qilishdir, lekin eng samaralisi – ta’lim orqali.

Xorijiy mamlakatlardan iqtidorli yoshlarni tanlab olib, ularni AQSh oliygohlarida o‘qitish, AQSh iqtisodiy va siyosiy tizimini yagona to‘g‘ri yo‘l sifatida namoyish qilish – eng kuchli ta’sirga ega bo‘lgan "yumshoq kuch" turlaridan biridir.

Uzoq muddatli istiqbolda faqatgina ta’lim tizimiga tayangan “yumshoq kuch” — juda muhim siyosiy vazifani amalga oshirish imkonini beradi – ya’ni xorijiy mamlakatlarda AQShga xayrixoh bo‘lgan siyosiy elita tayyorlashni, — deydi ekspert.

Bu borada aniq raqamlar mavjud – bugungi kunda turli mamlakatlarni boshqarayotgan 50 ta rahbar Amerikada o‘qigan.Sobiq prezidentlar orasida esa amerikada o‘qib kelganlar soni – 165tadan ziyod.

International Student portali xabariga ko‘ra, 2014 yilda AQShda 800 ming xorijiy talabalar tahsil olgan, taqoslash uchun – 1950 yilda ularning soni 35mingta bo‘lgan. Demak, yillar davomida AQSh bunday “yumshoq kuch” qanchalik muhim ekanini juda yaxshi tushunib yetgan.

Aytish joiz-ki, Buyuk Britaniya ham xuddi shunday faoliyat bilan shug‘ullanadi. U yerda 300 mingdan ortiq xorijiy talabalar tahsil oladi, Avstriyada – 150 mingga yaqin va ho kazo.   

Amerikada o‘qigan eng mashhur talabalar orasida Gruziya sobiq prezidenti – Saakashvili, Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay, Germaniya sobiq kansleri Shryoder, Paragvayning amaldagi prezidenti Orasio Kartes va boshqalar bor.

 

Kiritildi: 07:47 22.05.2018. O'qildi: 1511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik