Vashington Xitoy davlat tuzilmasini o‘zgartirishni xohlamaydi va Xitoy taraqqiyotini to‘xtatishga intilmayapti. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Pekinda XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
"Qo‘shma Shtatlar yangi sovuq urushga intilmayapti, Xitoy tizimini o‘zgartirmoqchi emas, Xitoyning rivojlanishini to‘xtatmoqchi emas, ittifoqlar orqali Xitoyga qarshi turish niyatida emas va XXR bilan ziddiyatga kirish niyatida emas”, dedi u. Blinkenning so‘zlaridan Xitoy markaziy televideniyasi iqtibos keltirdi.
Uning ta’kidlashicha, Vashington "yagona Xitoy" siyosatiga amal qiladi va Pekin bilan muloqotni davom ettirishga umid qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda tushunmovchilik va noto‘g‘ri mulohazalarga yo‘l qo‘ymaslikka intiladi. Qo‘shma Shtatlar kelishmovchiliklarni mas’uliyat bilan boshqarish va AQSH-Xitoy aloqalarining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish tarafdori, deya qo‘shimcha qildi u.