AQSh davlat kotibining yordamchisi Kristofer Yoning ma’lum qilishicha, 2020 yil 22 iyun kuni Xitoyning g‘arbidagi Lobnor poligoni maydonida yer osti yadro sinovi o‘tkazilgan.
Rasmiylar portlash Lobnordan 720 km masofada joylashgan Qozog‘istondagi seysmologik stansiyada qayd etilganini ta’kidlamoqda.
Kristofer Yo Reuters'ga, hodisa yadro sinovi tufayli yuzaga kelgan portlash bo‘lishi mumkinligini aytgan. AQShdagi Xitoy elchixonasi esa ayblovlarni rad etmoqda.
Shuningdek, Yadro sinovlarini taqiqlash shartnomasi tashkiloti portlashning yadro sinovlari bilan bog‘liqligini tasdiqlash uchun yetarli ma’lumotga ega emasligini bildirdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy oxirgi yer osti yadro sinovini 1996 yilda o‘tkazgan. Shu bilan birga, AQSh va Xitoy Yadro sinovlarini taqiqlash shartnomasini imzolagan, ammo ratifikasiya qilmagan.