AQSh Xitoydan Xyustondagi bosh konsullikni 72 soat ichida yopishni talab qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ushbu ma’lumotni tasdiqladi.
Avvalroq Xyustonda mahalliy aholi Xitoy konsulligi binosiga o‘t o‘chiruvchilarni chaqirishgan. Click2Houston'ning xabar berishicha, diplomatlar hovlidagi hujjatlarni yoqib yuborishgan.
Ma’lumki, yuqorida aytib o‘tilgan konsullik Xitoyning AQShdagi oltita diplomatik vakolatxonalaridan biri hisoblanadi. Qolganlari Vashington, Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles va San-Fransiskoda joylashgan.