Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
"Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti sayyohlik va biznes vizalariga ariza beruvchilar uchun garov puli joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, uning miqdori 5 ming, 10 ming va 15 ming dollarni tashkil etishi mumkin", deya xabar bermoqda agentlik.
Yangi qoida 20 avgustda ishga tushiriladigan 12 oylik sinov dasturi doirasida amal qiladi. Garov vizada bo‘lish muddatlarini buzish holatlari yuqori bo‘lgan, shuningdek, hujjatlar ustidan yetarlicha nazorat o‘rnatilmagan mamlakatlar fuqarolaridan undiriladi. Mablag‘lar xorijliklar Qo‘shma Shtatlarni hech qanday qoidabuzarliksiz tark etganida qaytariladi.