Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh vise-prezidenti Grenlandiyadagi Pituffik harbiy bazasida chiqish qildi — BBC

AQSh vise-prezidenti Grenlandiyadagi Pituffik harbiy bazasida chiqish qildi — BBC

Jey Di Vensni nutqining asosiy mavzusi Grenlandiyaning Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shilishi bo‘ldi.

"Biz harbiy kuch ishlatish zarur bo‘ladi deb o‘ylamaymiz. AQSh Grenlandiya xalqini oqilona qaror qabul qiladi deb hisoblaydi. Grenlandiya aholisi o‘z taqdirini o‘zi belgilash orqali Daniyadan mustaqil bo‘lishga qaror qiladi, shundan so‘ng biz Grenlandiya xalqi bilan muzokaralar olib borishimizga ishonamiz", — deya fikr bildirdi Vens.

Vise-prezident, shuningdek, agar Qo‘shma Shtatlar ushbu hududga e’tibor qaratmasa, Rossiya va Xitoy bundan foydalanishini bildirdi.

"Biz Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlarning Arktikadagi dengiz yo‘llari hamda foydali qazilmalarga qiziqish bildirayotganini bilamiz. AQSh Arktikada yetakchilik qilishi shart", — deya ta’kidladi Vens.

Kiritildi: 12:51 29.03.2025. O'qildi: 939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!