Bugun 8 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Venesuelaning yangi hukumatini rasman tan oldi

AQSh Venesuelaning yangi hukumatini rasman tan oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Venesuelaning amaldagi hukumatini mamlakatning qonuniy hokimiyati sifatida tan olganini ma’lum qildi.

AQSh rahbari bu haqda Florida shtatida bir qator Lotin Amerikasi davlatlari yetakchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida bayonot bergan.

“Bu hafta Venesuela hukumatini rasman, qonuniy ravishda tan olganimizni e’lon qilishdan mamnunman”, — dedi Tramp.

EFE axborot agentligi xabar berishicha, Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges AQSh qarorini olqishlab, Trampga minnatdorchilik bildirgan.

Uning ta’kidlashicha, Karakas AQSh bilan o‘zaro ishonch, tenglik va xalqaro huquqqa hurmat asosida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor.

“Biz Qo‘shma Shtatlar bilan o‘zaro ishonch, tenglik va xalqaro huquqqa hurmat asosida uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, — deb yozgan Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda.

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!