AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z kabineti yig‘ilishida Venesuela ustidagi havo makoni AQSh tijorat aviasiyasi uchun ochilishini ma’lum qildi.
Trampning aytishicha, u Venesuela prezidentining vakolatli vakili Delsi Rodriges bilan suhbat o‘tkazgan va AQShdan Bolivar Respublikasiga parvozlarni qayta tiklash bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida uni xabardor qilgan.
«Men [transport vaziri] Shon Daffi va barcha mas’ul idoralarga, jumladan harbiylarga, kun oxirigacha Venesuela ustidagi havo makonini samolyotlar uchun ochishni topshirdim», — dedi AQSh prezidenti.
Shuningdek, Trampning ta’kidlashicha, neft kompaniyalari allaqachon Venesueladagi konlarni o‘rganish ishlarini boshlagan. Uning fikricha, bu mintaqada rekord darajadagi iqtisodiy foyda keltirishi mumkin.
Rasmiylar ushbu qaror ikki davlat o‘rtasidagi havo qatnovi va iqtisodiy aloqalarni tiklashda muhim qadam bo‘lishini qayd etmoqda.