Qizg‘in muhokamalar va bir qator tungi munozaralardan so‘ng, Vakillar palatasi Donald Tramp tomonidan taklif etilgan keng qamrovli qonun loyihasini qabul qildi.
Bu loyiha soliq imtiyozlari, ijtimoiy himoya tizimidagi qisqartirishlar va yangi xarajat moddalarini o‘z ichiga oladi. 1000 sahifadan ortiq bo‘lgan hujjat juda oz farq bilan – 214 ga qarshi 215 ovoz bilan ma’qullandi.
Spiker Mayk Jonson demokratlar va ayrim respublikachilarning qarshiligiga qaramay, tashabbusni qabul qilishga erishdi. Endi qonun loyihasi ko‘rib chiqilishi uchun Senatga yo‘llanadi.