Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh va Xitoy savdo sulhini 2027 yil 10 yanvargacha uzaytirdi

AQSh va Xitoy savdo sulhini 2027 yil 10 yanvargacha uzaytirdi

AQSh va Xitoy o‘zaro savdo munosabatlaridagi vaqtinchalik sulh kelishuvini 2027 yil 10 yanvargacha uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda AQSh Moliya vaziri Skott Bessent Fox News telekanaliga ma’lum qildi.

«Pusan kelishuvi» deb ataladigan amaldagi kelishuvning muddati 2026 yil 10 noyabrda tugashi kerak edi. Bessentga ko‘ra, qo‘shimcha vaqt Vashington va Pekinga iqtisodiy sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini baholash imkonini beradi.

«Pusan kelishuvi» 2025 yil oktyabr oyida AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasida erishilgan. Kelishuv o‘zaro savdo cheklovlarining bir qismini yumshatishni nazarda tutgan.

Xususan, AQSh Xitoy tovarlariga nisbatan tariflarni 57 foizdan 47 foizga tushirgan. Xitoy esa kamyob yer metallarini eksport qilishga yangi cheklovlar joriy etishni bir yilga to‘xtatishga rozi bo‘lgan.

Yangi kelishuv Tramp va Si Szinpinning 24 sentyabr kuni Vashingtonda rejalashtirilgan asosiy muzokaralari arafasida tuzildi.

Kiritildi: 22:10 24.09.2026. O'qildi: 458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!