Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

AQSh va Rossiya jangari kemalari to‘qnashishiga bir bahya qoldi (video)

AQSh va Rossiya jangari kemalari to‘qnashishiga bir bahya qoldi (video)

Rossiya harbiylari AQSh kreyserining harakatlanishi Rossiya kemasi bilan to‘qnashuvga sabab bo‘lishiga oz qolganini aytdi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

«Voqea 7 iyun kuni Moskva vaqti bilan soat 6:35 da Sharqiy Xitoy dengizining janubi-sharqiy qismida sodir bo‘lgan. Rossiyaning Tinch okeani floti va AQSh dengiz kuchlari hujum uyushtirish guruhi kemalar otryadi parallel kursda harakatlanayotgan bo‘lgan», — deydi Rossiyaning Tinch okeani floti matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, «Chansellorsvil» kreyseri birdan o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, kemadan 50 metr masofada harakatlanayotgan «Admiral Vinogradov» kemasining kursini kesib o‘tgan. Rus ekipaji favqulodda tezkor harakat qilgan.

«Xalqaro to‘lqinda Amerika kemasining buyrug‘i norozilikka sabab bo‘lgan va bunday harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatilgan», — deydi Tinch okeani floti matbuot xizmati.

O‘z navbatida, amerikaliklar Rossiya flotini aybdor deb atagan va ularni «xavfli va professional bo‘lmagan» harakat qilishda ayblagan.

«Filippin dengizida harakatlangan «Udaloy» rusumli suv osti kemasi «Chansellorsvil» kreyseriga nisbatan xavfli manevralar qildi», — deydi AQShning Yettinchi flot rasmiy vakili Kleyton Doss.

 

Kiritildi: 13:59 09.06.2019. O'qildi: 3377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!