Bugun 17 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh va Janubiy Koreya Ukrainaga qarshi urushga KXDRdan harbiy xizmatchilar yuborilganini hali tasdiqlamadi

AQSh va Janubiy Koreya Ukrainaga qarshi urushga KXDRdan harbiy xizmatchilar yuborilganini hali tasdiqlamadi

"Janubiy Koreya razvedkasi Shimoliy Koreya rasmiylari o‘z harbiylarini Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga jo‘natgani haqidagi xabarlarni kuzatib bormoqda", deb yozadi Yonhap agentligi.

"Biz bu boradagi ma’lumotlarni tasdiqlash uchun Ukraina bilan hamkorlik qilmoqdamiz", — deya ma’lum qildi Koreya razvedka idorasi vakili.

Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif bilan kelgan AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Kurt Kempbellning so‘zlariga ko‘ra, KXDR Rossiyaga moddiy yordam berayotganining "belgilari bor".

"Bu qo‘llab-quvvatlash jang maydonida sezilmoqda, biroq Vashington bu xabarlarni hamon o‘rganib chiqmoqda", — deya Kempbellning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters.

Kiritildi: 21:50 16.10.2024. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!