Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

AQSh va Eron o‘rtasida Pokiston boshchiligidagi mintaqaviy vositachilar tomonidan olib borilayotgan sulh muzokaralarining navbatdagi bosqichi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) nashri vositachilarga tayanib xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron Vashingtonning talablarini «qabul qilib bo‘lmas» deb atagan holda, Islomobodda Amerika rasmiylari bilan uchrashishdan bosh tortgan. Shu bilan birga, Turkiya va Misr vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashda davom etmoqda va muzokaralar uchun Doha hamda Istanbul kabi yangi maydonchalarni ko‘rib chiqmoqda.

Vositachilar tomonlarga muzokaralarni «jonlantirish» va jarayonni oldinga surishga yordam beradigan «yangi g‘oyalar» taklif qilishdan umidvor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron urushni to‘xtatish uchun bir qator shartlarni ilgari surgan edi. Jumladan, Qo‘shma Shtatlar tomonidan reparasiya to‘lanishi, Amerika qo‘shinlarining Yaqin Sharqdagi bazalardan olib chiqilishi va yangi zarbalardan voz kechish bo‘yicha kafolatlar berilishi talab qilingan.

Kiritildi: 23:30 03.04.2026. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!