AQSh va Britaniya harbiy-havo kuchlari Yaman shimolidagi Sada shahriga uchta zarba berdi. Bu haqda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Ansorulloh (Xutiylar) harakati bilan aloqador "Al-Masira" telekanali xabar berdi.
Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
AQSh va Buyuk Britaniya xabarga hozircha izoh bermadi.
Saudiya Arabistoni bilan chegarada joylashgan Sada shahri hutiylarning eng muhim markazlaridan biri sifatida tanilgan.