Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh O‘zbekiston suverenitetini qo‘llab-quvvatlaydi

AQSh O‘zbekiston suverenitetini qo‘llab-quvvatlaydi

AQSh Davlat kotibi yordamchisi lavozimiga nomzod Pol Kapur Senatdagi eshituvlar chog‘ida AQSh Markaziy Osiyo davlatlarining suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

«AQSh Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kabi Markaziy Osiyo mamlakatlarining suvereniteti va hududiy yaxlitligini ilgari surishga intiladi. Agar nomzodim ma’qullansa, men S5+1 jarayoni, shuningdek, ikki tomonlama formatlardan foydalanib, energetika, kamyob yer metallari, terrorizmga qarshi kurash, transmilliy jinoyatchilikka qarshi choralar va Markaziy Osiyoda fizik hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish sohalarida hamkorlikni davom ettiraman», — dedi u.

S5+1 — bu Markaziy Osiyoning besh davlati va AQSh ishtirokidagi format bo‘lib, o‘zaro manfaatli masalalarni muhokama qilish uchun yaratilgan.

Kiritildi: 11:19 11.06.2025. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!