Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh o‘rta va uzoq masofali raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomadan chiqishni rejalashtirmoqda

AQSh o‘rta va uzoq masofali raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomadan chiqishni rejalashtirmoqda

New York Times gazetasining yozishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati kelasi hafta, o‘rta va uzoq masofali raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomadan chekinishi haqida Rossiyaga xabar berish niyati bor- deya ahborot beradi AiF.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning "kelgusi haftalarda kutilishicha" amerika rahbariyati shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlaydi.

AQSh rasmiylari va xorijiy diplomatlarning so‘zlariga ko‘ra, Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonga Rossiya Federasiyasiga qiladigan ishchi tashrifi chog‘ida o‘rta va uzoq masofali raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomadan chiqishi haqida ma’lum qilish topshirilgan.

Avvalroq, Oq Uy matbuot xizmatining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Davlat kotibi Maykl Pompeoga "O‘rta va uzoq masofali raketani yo‘q qilish to‘g‘risida"gi shartnoma qoidalarini buzganligi sababli, Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritish rejasini tayyorlashni topshirgan.

Manba: ufq.uz

Kiritildi: 13:21 21.10.2018. O'qildi: 1026 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!