AQSh Ukrainaga radioto‘siqlarga chidamli dronlarni yetkazib berishni boshladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Gazetaning qayd etishicha, dastlab amerikalik dron ishlab chiqaruvchilar Ukrainaga yuzlab dronlarni jo‘natgan. Ammo ular muvaffaqiyatga erishmagan. Rossiya, xuddi Ukraina kabi, dronlarni to‘sib qo‘yadigan radioto‘siqdan foydalanadi.
Biroq Kaliforniyaning Shield AI startapining rus radioto‘suvchi vositalariga bardosh bera olgan droni bundan mustasno edi. Ukraina 200 ta Shield AI dronlarini yetkazib berishni so‘ragan. Bunday drronlarning har biri odatda 1 million dollar turadi, lekin ularning ulgurji narxi arzonroq bo‘lishi mumkin.
Shield AI'ning siri shundaki, u sun’iy intellekt yordamida ishlaydi. Ya’ni, dronning boshqaruvchi bilan aloqasi yo‘q. Bu esa uni radioto‘siqlardan himoya qiladi.
Kompaniya uzoq masofalarga parvozlarni amalga oshirishga qodir V-BAT dronlariga ega. Cun’iy intellekt texnologiyasi dronga uchuvchisiz yoki GPS siz mustaqil manevr qilish, jang maydonini o‘rganish va nishonlarni aniqlash imkonini beradi. Dron 12 soat yoki 965 kmgacha ucha oladi va nishonga tushirish uchun 25 funt (11,3 kg) og‘irlikdagi portlovchi moddalarni olib yura oladi.