Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Ukrainaga qo‘shin jo‘natmaydi — Psaki

A A A
AQSh Ukrainaga qo‘shin jo‘natmaydi — Psaki

Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qo‘shin yuborishdan bosh tortadi, hatto u yerda noan’anaviy qurollar qo‘llanilsa ham. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

"AQSh qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish va Rossiyaga qarshi urush olib borish — bizning bunday niyatimiz yo‘q", dedi Psaki. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Baydenning bu boradagi niyatlari o‘zgarmagan.

Bundan tashqari, Oq uy matbuot kotibi kimyoviy va biologik harbiy dasturlar mavzusiga to‘xtalib, Qo‘shma Shtatlarda bu dasturlar mavjudligini inkor etib, Rossiyada bunday imkoniyatlar borligini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:53 10.03.2022. O'qildi: 3968 marta. Fikrlar soni: 8 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik