Bugun 22 mart, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh "Ukrainadagi bolalar evakuasiya qilinishini" kuzatuvchi guruhni moliyalashtirishni to‘xtatdi

AQSh "Ukrainadagi bolalar evakuasiya qilinishini" kuzatuvchi guruhni moliyalashtirishni to‘xtatdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari ukrainalik bolalarning olib ketilishi haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish dasturini moliyalashtirishni to‘xtatdi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Gazetaning ta’kidlashicha, bu qadam ukrainalik bolalarning noqonuniy deportasiya qilingani haqidagi ma’lumotlarning tergovchilarga, jumladan, Xalqaro jinoiy sudga uzatilishini to‘xtatishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, The Washington Post gazetasining yozishicha, ushbu qaror ushbu dastur doirasida faoliyat olib borgan tadqiqotchilar va ekspertlar olib ketilgan ukrainalik bolalar haqida "ma’lumotlar bazalariga kirish huquqidan mahrum bo‘lishga" olib kelgan.

Ushbu harakat tadqiqotchilarni muammoni o‘rganishni qiyinlashtirdi.

2023 yilning 17 martida Xalqaro jinoiy sud Putin va Lvova-Belovalarni bolalarni noqonuniy deportasiya qilishda ayblab, hibsga olish uchun order berdi. Bunga javoban Rossiya Tergov qo‘mitasi XJT prokurori Xon va sudyalariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atib, ayblov uchun asos yo‘qligini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:31 19.03.2025. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!