Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Ukraina bo‘yicha ikki bosqichli reja e’lon qildi

AQSh Ukraina bo‘yicha ikki bosqichli reja e’lon qildi

Kecha AQSh Davlat kotibi Marko Rubio CVS telekanaliga bergan intervyusida Rossiya Ukraina ziddiyatini hal qilish bo‘yicha tuzilgan A va B rejalarni bayon qildi.

– A rejasi – o‘t ochishni to‘xtatish, – dedi u. – Shundan keyin ikkinchi bosqich – B rejasiga o‘tiladi. Ya’ni, barchani muzokara davrasida to‘plash kerak.

Qo‘shimcha qilinishicha, mojaro tamomila yakunlanadigan, hamma tomon manfaati hurmat qilinadigan yo‘lni topish zarur.

Shuningdek, jang davom etsa, keyingi rejaga o‘tish qiyin kechishi ta’kidlandi.
Kuni kecha Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff Putin va Tramp shu hafta qo‘ng‘iroqlashishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning ishontirishicha, Oq uy rahbari Ukraina inqirozi bir necha hafta ichida hal etilishini kutyapti.
Payshanba kuni kechqurun Rossiya rahbari Moskvada Oq uy maxsus vakilini qabul qildi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Uitkoff Ukraina bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot bergani, Putin ham Trampga tegishli ma’lumot va qo‘shimcha signal yetkazganiga aniqlik kiritdi.

O‘z navbatida Donald Tramp dam olish kunlari ko‘p ish qilinganini ta’kidlab, urushga barham berish uchun “juda yaxshi imkoniyat” borligini aytdi.
– Biz bir savolga javob topishni istaymiz: Bu urushni tugata olamizmi yoki yo‘q? – degan Tramp jurnalistlarga. – Balki uddalay olmasmiz, ehtimol qila olarmiz. Menimcha, bizda juda yaxshi imkoniyat bor.

Oq uy rahbari rossiyalik hamkasbi bilan seshanba kunga rejalashtirilgan muloqotida hududlar va atom elektr stansiyalari ustidan nazorat masalasini ham muhokama qilmoqchi, deb yozdi “Reuters” agentligi.

Agar Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozilik berishdan bosh tortsa, AQSh RFga qarshi turli choralar ko‘rishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Masalan, Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uolts “Fox News” telekanaliga muxbiriga “Albatta, barcha yo‘llar ko‘rib chiqilmoqda”, degan.

Payshanba kuni AQShning yana bir yuqori martabali vakili – moliya vaziri Skott Bessent CNBC telekanaliga intervyu berarkan, AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiya bosimini eng yuqori nuqtaga chiqarishdan toymasligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, Prezident Donald Tramp kelishuv muzokarasida muvaffaqiyatga erishish uchun har ikki tomonga “imkon darajasida bosim o‘tkazish” niyatida.

Ekspertlar fikricha, Amerika ma’muriyati tomonidan Ukrainada tinchlik o‘rnatish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatning dastlabki natijasi shu hafta ancha oydinlashadi. Voqealar rivoji shunga ishora qilmoqda.

Kiritildi: 16:01 17.03.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!