Ukraina qurolli kuchlarining asosiy muammosi — ukrainalik harbiy xizmatchilarning ahvoli. Bu haqda Mayk Rojers nomidagi razvedka va global ishlar markazi direktori Joshua Huminski The Hill nashriga aytib o‘tdi.
“Eng katta muammo — bu kadrlar. G‘arb dunyodagi barcha yordamni bera oladi, lekin ukrainaliklarni ko‘paytira olmaydi”, — degan u.
G‘arb davlatlari, xususan, Buyuk Britaniya uchun Ukraina askarlarining jangovar tayyorgarligini saqlash dolzarb muammoga aylanib bormoqda.
“Ukraina armiyasi xodimlarini front chizig‘idan olib chiqish, ularga dam berish, mashg‘ulotlar o‘tkazish va frontga qaytish Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar uchun asosiy muammo hisoblanadi”, — dedi Huminski.